Ko‘p yillik qazo namozlari

Assalomu alaykum! Ko‘p yillik qazo namozlari haqida savolim bor edi. Qazo namozlaridan birini tugatganidan keyin. «Astog‘firloh»ni uch martta aytib «Allohumma antas-salom va minkas-salom…»ni ham aytib 33 martta tasbih o‘rniga 10 martta aytib (vaqtni tejash maqsadida) so‘ng «Laa ilaaha illallohu vahdahu…»ni aytib tugatsa. Shunday qilib o‘qisa bo‘ladimi? Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qazo namozlarining orasida bularni aytilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:15 | Savol-javoblar | 287 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar