2 savolim

Assalomu alaykum! Savolim quyidagilardan iborat:
Biror bir buyumni (tovarni) o‘zi singari buyum bilan foizga ayriboshlash harom ekanligini bilaman. Foizga pul berish ham shu qoidaga shu qoidaga asosan harom hisoblanadi. AQSh dollarida qarz olgan odam, olingan qarzning qaysi zamonda qanday ekvivalentda bo‘lishidan qat’iy nazar qarzini dollarda qaytarishi kerak, bunda kursning pasayishi yoki ko‘tarilishidan qilingan foyda (yoki zarar) harom hisoblanmaydi. Agar men biror kimsaga so‘mda qarz bersam-u, bergan qarzimga foizlarni qo‘shib ma’lum muddatdan so‘ng falon dollar berasan desam va bu shartga qarz oluvchi ham rozi bo‘lsa buning hukmi qanday bo‘ladi?
2) Spirtli ichimliklarni tayyorlashdan qoladigan bo‘g‘doy chiqindisi, xalqimiz tilida «barda» deyiladi. Barda chorva mollarini boqish va semirtirish uchun beriladi. Bardani sotish, sotib olish va mollarga berish masalasida dinimiz hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar siz biror kimsaga so‘mda qarz bersangiz va bergan qarzizga foizlarni qo‘shib ma’lum muddatdan so‘ng falon dollar berasan desangiz va bu shartga qarz oluvchi ham rozi bo‘lsa buning hukmi ribo bo‘ladi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=25290.0

26 May 2022, 09:22 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar