Payg‘ambarlarga salovat

Assalomu alaykum! Men duo qilayotganimda, o‘qigan Qur’on tilovatim yoki Alloh Taoloni zikr qilganimdan keyin, shu o‘qiganlarimdan kelib chiqqan ajr va savoblarni avvalo payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam va bu dunyodan o‘tgan barcha payg‘ambaru anbiyolar sollallohu alayhi va sallamlarga bag‘ishladim deb duo qilaman. Ustozlar, meni duoyim to‘g‘rimi, ya’ni barcha payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamlar desa bo‘ladimi? Yoki sollallohu alayxi va sallamni faqat payg‘ambarimiz alayhisalomga nisbatan aytishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Barcha payg‘ambarlarga ham salavot va salom yuborish mahbub amallardandir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:46 | Savol-javoblar | 182 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar