Uydan chiqqan narsalar

Assalomu alaykum! Bir kuni kollejdan uyga keldim, oilada 3 qiz bir o‘g‘ilmiz. Singlim darvozani ochdida "Jim" dedi, indamay uyga kirdim onam yig‘lamsiragan ahvolda edilar. Kichik ukam 1.5 yashar va kichik singlim 6 yoshda. Xech nimaga tushunmay o‘ynab yurishibti. Uyga allaqandaydir ikki xotin o‘tiribti. Ular bizning tomarqadan oyimga kovlatib, qandaydir lattaga o‘ralgan tipratikan tikani, soch, hayvon tishi, odamchadek yasalgan bitta mayda bitta o‘rtacha va bitta katta qo‘g‘irchoqchalar va qulf esa kalitsiz ekan. Ko‘rib qo‘rqib yig‘lab yubordim. Keyin u ayol qo‘rqmang sizni baxtizi qulflashgan oilayizda notinchlik doim dedi. U nimalarnidir o‘qidi va 3 kun sut ichma shunga o‘xshash har xil gaplar aytdi. Oxirida oyim chidolmay uni uydan haydab chiqardilar. Juda qo‘rqdik va uydan chiqqan u latta va narsalarni uydan chetroq joyga oborib yoqib tashlab keldilar. Aytingchi bular o‘zi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! U xotinlar shaytonning malaylari. Hammaning uyiga kirib ayni o‘sha narsalarni topgan bo‘lishadi. Bu ularning ko‘zbo‘yamachiliklaridan boshqa narsa emas. Ular shaytonlar bilar birga ish qilishadi. Buni hech qanday zarari yo‘q. U ayollarni Xudo urib qo‘ygan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:31 | Savol-javoblar | 150 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar