“Shaqqi sadr” adadi

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Bir domladan eshitib qoldim: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qalblarini 4 marotaba ochishgan ekan. Men bir marotaba yoshliklarida emikdosh akalari bilan o‘ynab yurganlarida qalblarini ochishgani to‘g‘risida eshitgan edim. Savol berganimda xatolik bo‘lsa, ming bor uzr. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri, ayrim rivoyatlarga qaraganda, shunday. Ammo, rivoyatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan muhaqqiq ulamolar bulardan faqat ikkitasining sobit bo‘lganini tasdiqlaydilar. Birinchisi: Shaqqus sadr (Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘ksilarini yorib, qalblarini shaytonning vasvasasidan tozalash mo‘’jizasi) u zot sollallohu alayhi vasallam 4 yoshlarida, Banu Sa’d qabilasida ekanlarida, u zotni payg‘ambarlikka tayyorlash uchun sodir bo‘lgan. Ikkinchisi: Hijratdan bir yil avval, 52 yoshlarida, Me’roj kechasi Isro voqeasidan oldin, Ka’ba yonida, Me’rojga tayyorlash uchun sodir bo‘lgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:47 | Savol-javoblar | 264 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar