Kiraverishdagi ko‘zgu

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kuni kecha bir yaqinim mendan quidagi savolni so‘rab qoldilar: Emishki ko‘chadan uyga kiraverishda to‘g‘rida oyna tursa uydan baraka ko‘tarilar emish. U yaqinimga boshqa birov shunday debti, chunki shu yaqinimning uylarida shunday xolat, ya’ni ko‘chadan kirganda ko‘zgu turadi. Men bunga javoban “bu menimcha irm sirim, bid’atdan o‘zga narsa emas. Vallohu a’lam» deb aytdim. Alloh ilmingizni va umringizni ziyoda qilsin! Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri o‘ylagansiz. Bu safsatadan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:44 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar