Tahorat vaqti ko‘z bo‘yalgan bo‘lsa

Assalomu alaykum! Agar tahorat oladigan vaqti ayol kishining ko‘zi bo‘yalgan bo‘lsa, shuning uchun faqat ko‘zga suv tekizmasdan, lekin ko‘z atrofini yuzni qoshni suv tekizib yuvish mumkinmi yoki ko‘zdagi pardozni ham yuvish shartmi? Bir joyda tahorat vaqti pardozni barchasini yuvib tashlash kerak deb o‘qib qoldim. Iltimos shu haqda tushuntirib bersangizlar. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yuzning yuviladigan joylaridan bir tuk miqdoricha joyga suv tegmay qolsa ham tahorat ado bo‘lmaydi va o‘sha tahorat bilan o‘qilgan namoz ham ado bo‘lmaydi. Siz aytgan suratda butun boshli ko‘z a’zosi qolib ketmoqda. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:02 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar