Uzr xaqida

Assalomu alaykum! Ollox sizlardan rozi bo‘lsin! Kecha "Mirza Yusuf " jome masjidi imom xatibi Raxmatullox Sayfuddinovning ma’ruzasini eshitib qoldim.Bu ma’ruzada etilishicha inson 60, 70 yoshga kirganda Ollox uning uzrini qabul qilmas ekan. Juda ko‘p insonlar 60 yoshga etib yoki undan o‘tib diliga solib xidoyatga kirganlar bor.Namozni shu yoshda boshlaganlar bor.Demak bularning uzrini Ollox qabul qilmasa nima qilishligi kerak.maslaxat bering,qanday yo‘l tutishsin.Oldindan javob uchun raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson necha yoshga kirsa ham, joni halqumiga kelganida ham tavba qilsa, boshqa dindagi odam iymonga kelsa, ularning tavba va iymonlari e’tiborga olinadi. Odamlar keksaliklarida tavba qilsalarda, tavbasi qabul bo‘lgani bilan zimmalariga o‘qimagan namozlari vojib bo‘ladi va har bir qoldirgan namoz uchun javobgar bo‘lishadi. Imom xatibning gaplaridan maqsad, ayol kishi hayz yoki nifos ko‘rgan vaqtlarida, yoki majnun inson majnunlik vaqtida, yoki bemor inson bir necha kun komada qolgani kabi holatlarda namozni o‘qimasalar, ular uchun yuqoridagi holatlar uzr hisoblanadi. Lekin 60-70 yoshgacha o‘zini musulmon deb bilib, namoz o‘qimay, yuqoridagi kabi uzrlardan boshqa narsalarni bahona qilsa, Alloh taolo ularning uzrini qabul qilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:10 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar