Dars yoki namoz?

Sizning xalqga qilayotgan xizmatlaringizni Allohim munosib taqdirlasin. Men sizga birinchi bor savol berishim, bu savolimga aniqroq javob ololmaganim uchun berayapman. Bu savolim men kabi talabalarga asqotadi, degan umiddaman. Yozish davomida xatolarim bo‘lsa kechiring. Savolim quydagicha: Men hozirda talabaman. Bizda dars 11: 00 dan 18: 00 gacha , ayni qish faslida Asr va Shom namozlari vaqtiga dars vaqti to‘g‘ri keladi, shu vaqtda nima qilishni bilmayman, domlalar bunga ruxsat berishmaydi. Nima qilay maslahat bering. Ba’zida namoz o‘qib darsga 5-10 minut kech qolaman va darsga kirganimda domla “nega kech qolding?” deb so‘raydi, shunda men to‘g‘risini aytaymi? Aytmoqchi edimki, bolalar noto‘g‘ri tushunmaydimi? Berayotgan xar bir javobingizni Allohimning o‘zi to‘g‘riligini ta’minlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Peshinning vaqti zavoldan to har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lguncha, Asrniki o‘shandan quyosh botguncha. Mazkur ikki vaqt ichida faqat farzini bo‘lsa ham namozni o‘qib olinadi. Qorningiz ochsa, ozuqa axtargandek, namoz vaqtida sharoit axtarasiz. O‘limdan boshqaning iloji bor. Nimaga kech qolding desa, uzr chiqib qoldi, deng. Namoz o‘qidim desangiz, muammo chiqishi mumkin.
20 Aprel 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 56 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar