3-4 yil kiyasiz deb sotish
Assalomu alaykum! Biz savdo bilan shug‘ullanamiz. Erkaklar poyabzali sotamiz. Men mijozlarga hech qachon garantiyasi qancha desa qancha nasib qilgan bo‘lsa shuncha kiyasiz deyman lekin bundan otam norozi bo‘ladilar. Men bo‘lmasam sen sotmaysan haq go‘y bo‘laman deb bizni kasod qilasan deydilar. Men ulardan norozi emasman faqat shu men bo‘lmasam sotilmaydi deb mijozlarga bemalol 3-4 yil kiyasiz deb men bo‘lsam sotiladi ko‘rdingmi deyishlari meni qiynayveradi. Ularga buni noto‘g‘ri ekanligini tushuntirolmayapman, ammo otam o‘zidan ilmli deb bilgan odamlarini gapini oladilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 3-4 yilga yaramaydigan bo‘lsa yolg‘ondan guvohlik berilmasinda. إِنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: الْحَلِفُ مُنَفِّقَةٌ لِلسِّلْعَةِ، مُمْحِقَةٌ لِلْبَرَكَةِ Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Rasululloh collallohy alayhi vasallamning «Qasam molni o‘tkazuvchi, barakani ketkazuvchidir», deganlarini eshitganman». Vallohu a’lam!
6 May 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat