Domino

Assalomu alaykum! Ilmlaringizni Alloh taolo ziyoda qilsin.
1)Domino Shashka va shaxmat o‘yinlariga Dinimizni hukmi qanday?
2)Shesh besh ( Nardadagi toshlar) bilan o‘yanladigan hech qanday o‘yin o‘ynash mumkin emasmi?
3)Ba’zibir paytlarda do‘stlarim bilan yeg‘ilganimizda do‘stlarim bilan Stol o‘yinlari shashka Domino Monopoliya o‘yinlarini o‘ynab turamiz .Shulardan Qaysi biri halol va Qaysi biri Shariatda mumkin emas iltimos qaysi biri halol yoki haromligini izohlab bersangiz
4) Bilyard o‘yinini Qimor qilib o‘ynalgani uchun harom hisoblanar ekan agar o‘yinni Qimorsiz o‘ynasa ham Harom hisoblanadimi wu bilan birga Karta o‘yinlari ham
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). "Izlash xizmati"dan foydalaning. 2). Mumkin emas. 4). Bilyard o‘yini kishini sog‘ligi uchun xizmat qiladi. Albatta qimor ko‘rinishidagi emas. Karta o‘yinlari insonning umrini zoe qiladi. Inson bir kuni 50 ming yilga teng bo‘ladigan qiyomat kunida qarovsiz qolganida holi nima kechishini tasavvur qilganida edi, vaqt topishi bilan sajdaga, Alloh taoloning zikriga shoshilgan bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:17 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar