Kitob ochish to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Ustozlar ba’zi viloyatlarda mulla, ahli ilmlilar ya’ni ular mahadni tugatgan ilmlari yaxshi mulla akalarimiz kitob ocharkan. Birov kasal bo‘lsa ham kitob ochib ko‘rarkan. Boshqa narsa bo‘lsa ham keyin shunga qarab aytarkan. Bu masalada shariatimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu bekor ish. Tezda buni to‘xtatishlari kerak. Xususan ahli ilmlar odatda folbinlar qiladigan ishlarni qilmasliklari kerak. Fuqaholar “Shariat ahkomlarini odamlarga etkazuvchi kishilarni dam soluvchi bo‘lib olishdan ham qaytarganlar. Chunki bu narsa xalq ichida olim desa dam soluvchilarni tushunib qolishlariga olib boradi” deganlar. Mahadni ko‘pchilik bitirgan, bu bitirishlari ularni olim bo‘ldi deyishga hujjat bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar