Mozorda qolish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, izlash xizmatidan aniq javob topa olmadim. Mayyit qabrga qo‘yilgandan keyin, uning yaqinlari mozorda qolib «Mulk», «Yosin» suralarini tilovat qilishadi. Lekin Mening xolam mozorda qolganda, istig‘for, takbir aytib maayitga hadya qilish kerak va uning haqqiga duolar qib o‘tirish kerak dedilar. Mening savolim shuki mayyit qabrga qo‘yilgandan keyin uning yaqinlaridan mozorda qolganlar Qur’on tilovat qilishgani joizmi yoki istig‘for, takbir va duo qilganlarimi? Yoki ikkisini qilsa yaxshimi? Iltimos soddaroq qilib javob bersangizlar. Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisini qilish ham joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:20 | Savol-javoblar | 138 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar