Fitr sadaqasini plastikda to‘lash

Assalomu alaykum! Ro‘za fitr sadaqasini plastik kartalar orqali amalga oshirish imkoni bormi? Yillar davomida oylik maoshimni naqd pulda to‘lashmagani sababli plastik kartadan to‘lashga extiyoj bor edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fitr sadaqasiga etadigan ma’lum summasi bor plastik kartani fitr deb ajratib, faqir-miskinga bersangiz va u ishlatib kartangizni qaytarib bersa bo‘ladi. Yoki u kishini kartasi bo‘lsa unga o‘tkazib bersangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 52 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar