Folbinlar haqida

Assalomu alaykum! Bizni uyimizi oldidan bir lo‘li ayol o‘tib ketyotgan ekan bizni uyimizi oldiga kelib biznikini chaqirib onamga sizni uyizda bir nima bor debdi va kirib o‘xlov taxtani qo‘liga olib mana bu erni kavlang debdi. shunda onam kavlab u ayol onamga anavini oling debdi onam o‘zi ushab qo‘lida olibdi ochsa oq surupga soch igna yana bir nimalar o‘ralgan ekan. Keyin uyga men kirib qoldim shunda u ayolga siz qaerdan buni bildiz dedim. U ayol men bu ilimni bo‘ynimga olganman dedi. Shunda men ishonmadim, shunaqa irim sirimlardi ta’siri bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda har bir xonadonga kirib sizlarga aytgan ishni aytishmoqda. Har kuni siz bergan savoldan beriladi. Ularni ko‘zbo‘yamachi, kazzob ekanligida shak-shubha yo‘q. U kabi ayollar jinlar bilan aloqa bog‘lashadi. Jinlarga do‘st bo‘lgunicha har qanday shariatga zid, shirk va kufr bo‘lgan ishni qilishadi. Bu shariatga xilof ish. Ularning hammasi jinlar bilan hamkorlik qilishadi. Ular o‘rtasidagi do‘stlikning mustahkam bo‘lib borishi, insonlardagi Allohga osiylik hamda nopoklikni yuqori darajasiga ko‘tarish bilan bo‘ladi. Ya’ni kim qancha nopok bo‘lsa, shuncha jinlar bilan qiladigan “g‘aroyib” ishlari ortib boraveradi. 1-Alloh taoloni qo‘yib bobolarim yoki momolarim yoki odamlarim yoki pirlarim deb atab olgan jinlariga qo‘y, tovuq kabi jonvorlarni atab so‘yish bilan agar makkorroq bo‘lsa, bu jonvorlarni qaysidir valiy zot deb tanilgan kishiga atab so‘yish bilan bajartiradi. 2-ayollar hayzdan pok bo‘lganda yoki erkaklar junub holatda bo‘lsa ham g‘usl qilmasdan “chilla” o‘tkazib qo‘yish bilan bo‘ladi. 3-hayz qoni bilan ba’zi suralarni yozdiradi. Bobolarim yoki momolarim yoki odamlarim yoki pirlarim deb ularga atab sham chiroq, piliklar yoqib, narsalar atashni buyuradi. 4-“Bo‘ynizga olmasangiz yoki qo‘l olmasangiz bo‘lmaydi” deb g‘ayb ilmini da’vo qilish bo‘lgan kufrga hamkorlik qilish shartnomasini tuzdiradi. Eng nopoklikda cho‘qqiga chiqqanlari ikki oyog‘i ostida ikki Qur’onni bog‘lab hojatxonaga kirish bilan bo‘ladi. Undaylarni o‘zlari ham, ularga borayotganlar ham Allohdan qo‘rqishlari va tavba qilib bu ishlarini tezda tashlashlari kerak. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar