To‘g‘ri ism qo‘yish

Assalomu alaykum! Alloh nasib qilib o‘g‘il farzandlik bo‘lsam ismini Abduvoris qo‘ymoqchiman. Qaysi biri to‘g‘risi Abduvorismi yoki Abdulvorismi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arabchasiga Abdulvoris, o‘zbekchasiga Abduvoris. Arab tilida “Voris” so‘zining oxirgi “s” harfi “ث” qilib, ya’ni tilni uchini tishga tekazib talaffuz qilinadi. O‘zbek tilidagi “S” talaffuz qilinsa, ma’nosi o‘zgaradi. O‘zbekcha qilib Voris desa, qizil kiyimni anglatadi. Bunda Alloh taoloning sifatidan chiqib qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:42 | Savol-javoblar | 184 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar