Taloqda vasvasa
Assalomu alaykum! Men karanti sabab uyda o‘tirib qolganim uchunmi yo ijtimoiy tarmoqlarda hususan sizning saytingizda ham taloq mavzusi ko‘payib ketgani uchunmi biroz vasvasaga uchrab qoldim. Kunikecha ayolim hovliga oyoq kiyimsiz chiqgan ekan men (bunday yurma shomollaysan degan manoda) BOR dedim va darhol xayolimga taloq kelib qoldi va juda ham qo‘rqib kettim taloq niyatida BOR deb qo‘ymadimmi deb va bugun ham shom nomozini o‘qish uchun uyga kirsam ayolim dazmol qilayotib joynomozni bir chekasidan oyog‘i bilan bosib turgan ekan va men uni olish maqsadida QOCh dedim shunda yana darhol taloq xayolimga kelib qoldi darhol astag‘firulloh deb namozimni boshladim va namozimni xayol parishon holda tugatib o‘sha honada yolg‘iz qolgan holda (ayolim tahorat qilayotgan edi) o‘sha vaziyatga qayta tushish maqsadida ichimda taloqni niyat qildim deb QOCh dedim xonada mendan boshqa xech kim yo‘q edi maqsadim men tushayotgan vaziyat bilan asl taloqni niyat qilib aytishni farqini ajratib bu g‘ashlikni ketkazish edi. Yani o‘zimni huddi ayolim bilan suhbatlashayotganday his qilib o‘sha vaziyatga qayta tushib ko‘rish edi ammo tilim bilan ayolimga nisbat bermadim. Bunday vaziyatlar 3-4 kundan beri takrorlanib turibti .Savolim esa men usha qilgan ishim bilan taloq tushib qolmaydimi yani taloqni niyat qildim deb ichimda aytib ustimda QOCh deganim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan narsalar bilan taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 196 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan narsalar bilan taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 196 | Oila va turmush