Shogirdlarga tanbeh

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men ustozlik qilaman. Ko‘pincha shogirdlarimga haddan tashqari baqirib urishaman, o‘ta qo‘pol gaplar ham aytaman. Buni sal tetilsin deb. Men shogirdlarimni izzat nafsini poymol qilib gunoh orttirmayapmanmi? Iltimos to‘g‘ri yo‘l tutishimga maslahat bersangizlar, maslahatlaringizga zorman. Oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tutgan yo‘llarini tuting. U zot bu borada juda halim, sabrli va xushxulq bo‘lganlar. Talabchanlik o‘z yo‘liga, unda qo‘pollik shart emas. Aksincha amal qilishda o‘rnak bo‘lishga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 157 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar