Mahalliy mahsulotlar
Assalomu alaykum! Hozirda mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning masalan chocotelle, chococream va hot lunch kabilarning tarkibiga cho‘chqa va uning qo‘shimchalari umuman qo‘shilmagani yozib qo‘yilmoqda. Bu albatta quvonarli hol. Mening savolim esa quyidagicha: Agar tarkibida cho‘chqa va uning qo‘shimchalari qo‘shilmaganligi ochiq yozib qo‘yilgan bo‘lsa, ularni bemalol iste’mol qilishimiz mumkinmi? So‘rayotganim sababi, arxiv savollardan birining javobida halol deb yozilgan kolbasalarni ham avval tekshirish kerakligi aytilgan ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni aytishimizga sabab, ularni halol deb yozganlari ko‘p o‘rinlarda noto‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda. Shuning uchun imkon bo‘lsa tekshirib olganingiz ma’qul. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:45 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom