Omadsizlik
Assalomu alaykum! Menimcha juda ko‘p insonlarga tegishli bo‘lsa kerak. Lekin, hammaga har xil javob bo‘lishi aniq. Hayotim davomida nimaiki qilsam omadim kelmaydi. Tashvish ketidan tashvish va qarzga botish. Qarzlarim va tashvishlarim ko‘payib miyam ishlamay turganda kechagina mashinamga o‘g‘ri tushib hamma hujjatlarimni yirtib ketipti. Bunisi endi oshgandan oshib ketdi. Hozir shunday holatdamanki faqat Alloh biladi, balki qaysudur gunohim uchundur, balki bu sinovdir. Boshim qotdi. Maslahat beringlar iltimos, shularni echimi bormi? Nima amal qilsam qarzlarimdan qutilib, muommolarim kamayib, ishlarim yurishib uyga foydam tegadigan erkak bo‘lsam. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Lekin, hammaga har xil javob bo‘lishi aniq” degan gapingizga qo‘shilmaymiz. Bu holatda hammaga bir xil gap, ya’ni kimki Alloh taolo bilan orasidagi muomalani to‘g‘rilasa, Alloh taolo u bilan bandalari orasidagi muomalani ham to‘g‘rilab qo‘yadi. Kim taqvo qilsa, hamma vaqt o‘ylamagan eridan rizqini berib qo‘yadi. Demak siz qilayotgan kasb-koringizda shariatga zid ish tutmoqdasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:47 | Savol-javoblar | 151 | Ruhiy tarbiya