Zakotni xayriya fondiga o‘tkazish
Assalomu alaykum! Zakot uchun ajratilgan pulni xayriya fondlariga o‘tkazsa bo‘ladimi? Masalan: yaqinda internetda masjidlar uchun kitob yig‘ayotgan xayriya fondiga ko‘zim tushdi. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zakotni ado bo‘lish shartlaridan eng muhimi faqir miskinga mulk qilib berishdir. Usiz zakot ado bo‘lmaydi va berganning zimmasidan farz ado bo‘lmaydi. Masjid, madrasa, etimxona kabi umumiy joylarga ham sarflanishi bilan ham zakot ado bo‘lmaydi. Shuningdek masjid qurilishi yoki ko‘prik qurilishlariga bersa ham ado bo‘lmaydi. Zakot boylardan olib faqir miskinlarga etkaziladigan haq hisoblanadi. Siz aytgan joylarga nafl sadaqotlarni berishi mumkin. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 12:16 | Savol-javoblar | 168 | Zakot