Nasihat qilsangiz

Assalomu alaykum! Aksariyat yoshi kattalarning, xususan onaxonlarimizning ba’zi noto‘g‘ri amallarni qilayotganligini guvohi bo‘lamiz. Ayniqsa folbinga borish, chilton marosimi, jin chiqarish, o‘tganlarga (avliyo, pir) atab jonliq so‘yish, mushkulikushod, Allohdan o‘zgaga duo qilib madad so‘rash va boshqa amallarni bajarishlari ko‘p uchraydi. Shunday mo‘tabar yoshlarga kirib, xali xanuz qilayotgan ishlarining noto‘g‘ri ekanligini tushunib etmaganligi achinarli holat. Agar so‘rasangiz ota-bobolarimiz shu ishni qilib kelgan deyishadi… Yoshlarda bu holat uchrasa so‘zi o‘tadigan kattalarni ishga solamiz. Ammo kattalarning o‘zlarini xar xil bid’at ishlar ustida topsakchi? Albatta biz bularni yumshoqlik va sabr bilan tushuntirish ustida bardavommiz. Shuningdeq ular uchun duodamiz. Yuqoridagi amallarning noto‘g‘riligini, aslida musulmon kishi Kitob va Sunnatdan dalil ketltirilganda unga taslim bo‘lishi kerakligi hamda ota-bobolari ham adashgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida nasihatlar qilishingizni so‘raymiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Afsus biz o‘zimizni ilmli deb bilganlar ham shu kampir va chollarga ta’sirimizni o‘tkaza olmayapmiz. O‘zimiz bilan Alloh taoloning o‘rtasini isloh qilganimizda edi, Alloh taolo biz bilan ularning orasini ham isloh qilib qo‘ygan bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:54 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar