Rozilik so‘rab

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, “Zikr ahlidan so‘rang” saytining telegramdagi savol javoblarini muntazam kuzatib o‘rganib boraman. Ba’zan ba’zi savollarni javobi bilan suratga olib turaman (skrinshot). Bu skrinshotlar bir muddat telefonimda turgach, ya’ni to‘liq tushunib bo‘lganingdan keyin odatda o‘chirib tashlayman. Ammo oxirgi marta xayol bilan bo‘lib ba’zi skrinshotlarni xolavachchamga, akamga jo‘natibman. Niyatim akamga ham ilm ulashish edi. Mualliflik huquqingizni buzish yoki ilmni chala tarqatish emas. Iltimos ishimdan norozi bo‘lmangizlar. Bundan keyin izn bersangiz faqat linklarinigina kimgadir jo‘nataman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar shunday manbaasi bilan, o‘zgartirmasdan jo‘natsangiz, ruxsat. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 159 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar