Mahrni ado qilmaguncha

Assalomu alaykum! Ilmingiz bundanda ziyoda bo‘lsin. Bir kitobda «Agar er mahr uchun atalgan(va’da qilingan) narsani bermasa uning ayoli to‘liqligicha uniki emas. Qachonki va’da qilingan mahr (masalan tilla) berilsagina shunda u ayol erning to‘liq jufti haloli hisoblanadi» deb yozilgan ekan. Shu gap to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nikohlari o‘qilgani uchun xotini hisoblanadi, lekin mahrni bermagunicha kelin yaqinlik qildirmaslikka haqqi bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 186 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar