Uyimdagilar tarovehni o‘qishimga qarshi

Assalomu alaykum! Noo‘rin savol bersam oldindan uzr so‘rayman. Bu savolni xech kimdan so‘rolmas edim. Muborak ramazon oyida ro‘za tutib, 5 vaqt namoz, tarovex namozini o‘qishligimizni yoshligimizdan o‘rgatib kelishgan. Kelin bo‘lib tushgan xonadonimda qaynonam, erim tarovex namozini o‘qishimni man qildilar, o‘qishimni xoxlamas ekanlar. Ro‘za tutishlik, 5 vaqt namozni o‘zi etar ekan. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Uyga kirib hamma uxlaganida o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar