Halolmikan

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin. Men Koreyada ishlayman, shu kungacha men topgan daromadimni halolmi yo‘qmi o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Sababi bu erga kelganlarning tahminan 90 % ni pul bilan kirib kelganlar tashkil qiladi. Yaqinda bir birodarimiz «biz topgan pullar halol emas» deb qoldi. Sababi biz kelishimizdan oldin pora berib kirib kelganmiz dedi. Balki o‘sha pul poradur, balki yo‘q. Unisi bizga qorong‘u. Chunki bizdan pul olishda ular «xizmat haqqi bizning ham beradigan joylarimiz bor o‘shalar orqali odam jo‘natamiz deyishadi. Va evaziga imtihondan o‘tkazish va boshqa ishlarni qilishib chet elga odam chiqarishadi. Lekin o‘rtaga odam solmasdan o‘zlari hujjatlarni qilib, imtihondan o‘tib, kirib kelganlar ham yo‘q emas. Agar o‘sha pul pora bo‘lsa bizning halol kasb qilib topgan daromadimiz halolmi?
2) O‘sha daromaddan qilgan ehson yoki boshqa xayriyalarimiz va agarda haj qiladigan bo‘lsakchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Pora berib gunohga qo‘l urgansizlar. Agar halol mehnat qilib pul topgan bo‘lsangiz, topgan pulingiz halol hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar