Ummatlarining shafoatlari

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar! Buyuk vatandoshimiz Abu Lays Samarqandiyning «Tanbehul G‘ofilin» kitobida Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilgan juda katta hadis keltirilgan. Hadisda do‘zah ahli, eshiklari va Muhammad alayhissalom ummatidan gunohi kabira qilib tavba qilmay vafot etganlari do‘zahga kirishi, u erda Alloh xoxlaganicha kuyishi va undan keyin payg‘ambarimiz Allohning Arshi ostiga kelib sajda qilishi va Alloh taolo tamonidan shafoatga ruhsat berilishi haqida ma’lumotlar berilgan. Savolim shuki, agar payg‘ambarimiz o‘sha gunohi kabira qilib tavba qilmagan ummatlarini do‘zahda kuyganlaridan keyin shafoat qilsa, biz nega payg‘ambarimizga salovat aytganimizdan so‘ng u zotning shafoatini so‘raymiz? Yoki pag‘ambarimiz shafoati o‘sha ummatlari  do‘zahga kirishidan oldin bo‘lishi ham mumkinmi? Unda nega hadisda o‘sha ummati do‘zahda kuyganlaridan so‘ng shafoat qilganlari aytilyapti? Sizlardan iltimos menga shuni kengroq tushintirib bersangizlar. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ummat do‘zaxga kirmasidan oldin shafoat qilishlari ham bor. Do‘zaxga tushganlarni chiqarib olish uchun shafoat qilishlarini ham hazil narsa deb bilmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar