Zinokor sherik
Assalomu alaykum! Men bir necha yildan buyon bir tanishim bilan sherikchilik bilan savdo va boshqa ishlarda ishlab kelaman. Lekin sherigimni yomon odati bo‘lib u juda ko‘p hollarda zino va boshqa harom ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bir necha bor sherigimga qilayotgan ishi noto‘g‘ri ekanligi tushuntirdim. Ammo u bu yo‘ldan qaytmayapti. Bizni sherikchiligimizdan topilgan daromad men uchun halol bo‘ladimi? Men bunday holda nima qilishim kerak? Bizni sherikchiligimiz shariat shartlariga to‘g‘ri kelishi uchun nima qilishim kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Topilgan daromadni halol bo‘lish yoki bo‘lmasligi sherikchilikdagi ishlaringiz shariatga muvofiq yoki muvofiq emasligiga bog‘liq. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:14 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat