Iso payg‘ambar haqlarida

Assalomu alaykum! Payg‘ambarlar tarixi kitobida Iso payg‘ambar haqlaridagi qismda shunday yozilgan "... Orangizda mendan so‘ng imon keltirganidan so‘ng o‘n ikki marta kofir bo‘ladiganlar bor. ... havoriylar ichidan ba’zilari buni ko‘rib o‘n ikki marta kofir bo‘ldi" O‘n ikki marta kofir bo‘lish nima degani?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha majlisdagilardan biri tong otguncha 12 marotaba kufr ishga qo‘l uradi degani. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:17 | Savol-javoblar | 174 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar