Etim asrash
Assalomu alaykum! Xalqimiz orasida «etim qo‘zi boqsang og‘zi-burning moy bo‘ladi, etim bola boqsang og‘zi-burning loy bo‘ladi» degan gap bor. Lekin, etim bola asrashni ajri ulug‘ ekanligini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinganligini siz yaxshilarning bizga berayotgan ilmingizdan Alloh bildirgancha bilib oldik. Endi shu «maqol»ni shar’iy tomondan tasvirlab bersangizlar. Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo ba’zi bir ishlarga ulug‘ ajr-savoblarni va’da qilgan. Shulardan biri etim asrab olishdir. Alloh taolo bandaning etim asrab olishdagi maqsadini o‘ziga bildirib qo‘yish uchun qattiq sinovlarga duchor qiladi. Natijada yoki bu ishni Alloh uchun qilganligi, yoki o‘zining manfaati uchun qilgani ma’lum bo‘ladi. Avvalo har bir yaxshi ishni qilishdan avval niyatni go‘zal qilish kerak. Ishni qilib bo‘lganidan keyin sinovga duchor bo‘lganida “Men bu ishni Alloh uchun qilganman, savobini ham Allohdan umid qilaman” deyishi kerak. Agar siz yuqorida aytgan maqolni aytadigan bo‘lsa, oxiratda etim asrab olganga beriladigan savobdan mahrum bo‘ladi. Bu holat faqat etim asrab olishgagina tegishli emas, balki insonning har bir qiladigan amali faqat Alloh taoloning roziligi uchun bo‘lib, yaxshilik qiluvchi yaxshilik qilingan insondan zarracha ham narsani umid qilmasligi kerak bo‘ladi. Mabodo yaxshilik qilingan tomonidan sinov va imtihonlarga uchrasa, “Senga shuncha yaxshilik qilgandim, sendan ko‘rganim shu bo‘ldimi” kabi gaplar bilan amalini habata qilib qo‘ymasin. Bunday holatlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalari va Alloh tavfiq bergan zotlar Alloh taoloning “Inson” surasidagi oyatlariga amal qilganlar. وَيُطْعِمُونَ الطَّعَامَ عَلَى حُبِّهِ مِسْكِينًا وَيَتِيمًا وَأَسِيرًا 8. O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, etim va asirlarga berarlar. إِنَّمَا نُطْعِمُكُمْ لِوَجْهِ اللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنكُمْ جَزَاء وَلَا شُكُورًا 9. «Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun taomlantiramiz. Va sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz. Demak, chin mo‘min ikkinchi bir birodariga yaxshilik yoki yordam qilganida fiysabilillah, ya’ni Alloh yo‘lida qilmog‘i lozim ekan. Qilgan yaxshiligi evaziga tama talab qilish Alloh taoloning g‘azabini keltiradigan va ul bandani munofiqqa aylantiradigan amallardandir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:21 | Savol-javoblar | 160 | Hadislar