Savdoda ko‘p berib yuborish

Assalomu alaykum! Men savdo sotiq bilan shug‘ulanaman. Kilentga 180minglik naborni 10ming tushirib aytdim. 170 ming bersangiz bo‘ladi deb aytdim. U xaridor 175 beraman bering deb aytdi. Adashib aytdmi bilmadim, man rozi bo‘lib 175 mingini oldim. Shu 5 ming halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo O‘z bandalarini farishtalar hamda insonlar o‘rtasida aziz bo‘lishini xohlaydi. Ba’zi vaqtlarda uni suyukli bo‘lishiga sabab bo‘ladigan holatlarga ro‘baro‘ qilib qo‘yadi. Inson o‘sha o‘rinlarda Alloh rozi bo‘ladigan ishlarni qilib qolsa bandalarining qalbiga Uning muhabbatini solib, ishiga baraka berib qo‘yadi. Masalan sizni holatingizda o‘sha besh mingni olish o‘rniga “men 170 dedim, manga o‘shanisi etadi” deya olganingizda Alloh uni qalbiga uni muhabbatini solib qo‘yar edi, 5000ni ham barakasini berib qo‘yar edi. Keyingi safar kelsa to‘g‘ri sizni oldingizga keladigan bo‘ladi. Shu ishda bardavom bo‘lib tursangiz barakani yig‘ishtirishga ham ulgurolmagan bo‘lar edingiz. Ismlari Muhammad ibn Ismoil bo‘lgan imom Buxoriy rahmatullohi alayh bir bor uy sotmoqchi bo‘lganlarida xaridor kelib besh ming dirham bermoqchi bo‘lishini aytgan. Imom Buxoriy o‘ylab ko‘rishlari uchun muhlat olganlar. Kechga yaqin o‘sha uyga o‘n ming dirham berishini aytib bir kishi kelgan. U zot besh ming dirham bermoqchi bo‘lgan kishiga qalbida rozi bo‘lganligini aytib o‘n minga sotolmasligini aytganlar. U zot, qalbida o‘shanga rozi bo‘lganligini, xuddi u bilan kelishgan darajaga ko‘tarib o‘n minga sotmaganlar. Ulug‘ insonlarning ulug‘ligi bekordan bekorga bo‘lmaydi. Shu kabi ishlari bilan bo‘ladi. Bir bor kemada ketayotsalar hamroh bo‘lgan kishisi Buxoriyning hamyonida ming tilla borligini sezib qolib kema boshlig‘iga “shu shu sifatdagi hamyonda ming tillamni yo‘qotib qo‘ydim” deb da’vo qiladi. Kema boshlig‘i yo‘lovchilarning har birini titkilab ming tilloni topolmaydi. Da’vo qilgan kishi imom Buxoriy oldilariga kelib “Ming tilloni nima qildingiz” deb so‘raydi. “Yolg‘ondan bo‘lsa ham tarixda imom Buxoriy kimnidir ming tillosini olgan ekan” degan gap qolmasligi uchun ming tilloni dengizga tashlab yubordim deganlar.
Sizga ham rozi bo‘lib bergan bo‘lsa halol bo‘ladi. Ammo adashib berganini bilib turib olgan bo‘lsangiz halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:08 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar