Nikohga ta’siri

Assalomu alaykum! Insoniylik qilib ayolimga «bor yo‘qol ko‘zimga ko‘rinma» deb yuboribman nikohga ta’siri yo‘qmi? Hozir zamon talabi hamma ayollarimizda uyda mobil telefonlar mavjud. Dugonalariga o‘zini rasmini jo‘natadi. Qalbimiz qoraligi sababmi tez jahlimiz chiqib «Agar yana jo‘natsang javobing o‘zin bilan» deb yuboribman. Endi “gapimni qaytib oldim” desam bo‘ladimi? Bu so‘z juda jiddiy so‘zligi uchun qalbim bezovta. Iltimos yo‘l ko‘rsatinglar. Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). O‘sha gapni aytganingizda niyatingiz taloq bo‘lsa, taloq tushadi. Agar taloq niyatida aytmasangiz taloq tushmaydi. 2). “Agar yana jo‘natsang javobing o‘zin bilan” degan gapingiz taloqqa qasam ichish bo‘ladi. Qaytib oldim deyishingiz o‘tmaydi. Agar ayolingiz yana bir bor jo‘natsa, oraga taloq tushadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar