Ustozimni yomon ko‘rib qoldim
Assalomu alaykum! Men tikishni erkak kishidan o‘rgandim va ustozimni o‘zimizni fabrikada olib qoldik. O‘z akamdek yaxshi ko‘rib hurmat qildim, o‘zi 2 xona uyimizni bir xonasini berib erim, bo‘yi etgan qizim va o‘g‘lim bilan bir xonada qiynalsam xam bilinmas edi. Ovqat-oziq, kirlarini xam yuvar edim, malollanmasdim. Alloh rozi bo‘lsin menga bir ikkita maruza tashlab berganlaridan keyin Robbimni tanidim, payg‘ambarimni sevdim, hijob o‘radim va 5 vaqt namoz o‘qidim. Hammasida ustozimni xissalari bor. Endi bilsam ular menga nomaxram ekan, o‘zimni tortib qoldim. U kishi esa sen o‘zgarding deb xafa bo‘lyapti. Oldin bilinmagan ayollarga xos injiqliklari, ajrashgan bir ishchim bilan yozishgan smslari, mantiqsiz xazillaridan g‘ashim kelyapti. Men bir xona uyda qiynalyatganimni ko‘rib turib xam o‘zini xalovatini o‘ylayaptimi, shuncha yaxshi tomonlarini o‘ylamay yomon ko‘rib qoldim. Qiynalib ketdim, aytingchi men yaxshilikni bilmaydigan inson bo‘lib gunohkormanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlarni birga bir uy ichida yashashlaringiz mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlarni birga bir uy ichida yashashlaringiz mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar