Islomda she‘rlar

Assalomu alaykum! "Osmon elining turfa-tuman yulduzi ko‘pdir, Xo‘bdir barisi, ravshani — cho‘lpon yozajakman. Sen she’rga qo‘ling cho‘zmagil, ey johili nokas, Bo‘lsang-da “xudo” nomingni shayton yozajakman." Bu sherni oqiganimda albatta bu yerda majoziy manoda yozilgan bolsa kerak degan fikrga keldim lekin ozim mustaqil tavil qila olmadim. Savolim shundan iboratki bu kabi sherlarni asl manosini tushunmasdan oqib, aytib yursak biror tahlikasi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! She’rni avvalidan o‘qisangiz yaxshiroq tushunasiz. Bu erda she’r yozishni bilmay turib, she’rga qo‘l urgan kishiga : Sen o‘zingchasiga o‘zingni xudo deb bilsangda – degan ma’noda aytilmoqda. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 166 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar