Tovba qilmoq
Assalomu alaykum! Men tavba qilmoqchiman. Meni hidoyat sari etaklaydigan xudo juy insondan do‘st izladim. Men hatto gunohlarimni yuvmoqchi bo‘lib o‘lim jazosini tanladim ham. Jonimga qasd qilmoqchiman, shaytonni qanday engay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Zumar” surasida marhamat qiladi : قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَى أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِن رَّحْمَةِ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ 53. (Mening nomimdan) ayt: «Ey o‘z jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar. Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir». Imom Buxoriy Sa’iyd ibn Jubayr roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda aytilishicha, ko‘plab gunohlar qilgan bir guruh mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Albatta, sen da’vat qilayotgan narsa juda ham go‘zal. Qani, aytchi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» – deb so‘rashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilgan ekan. Tafsirchi ulamolarimizning ta’kidlashlaricha, bu oyati karima Qur’ondagi eng umidvorlik oyati hisoblanadi. Bu oyatda bandalar uchun eng ulug‘ bashorat bor. Avvalo, Alloh taolo: «Ey o‘z jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim», – deb, bandalariga O‘z nisbatini bermoqda. Aslida, «isrof» deb mol-dunyoni ortiqcha sarflashga aytiladi. Shuningdek, bu so‘z ma’naviy jihatdan haddan oshishga nisbatan ham ishlatiladi. Binobarin, gunoh qilgan odam isrofchi bo‘ladi, chunki u Alloh belgilab qo‘ygan haddan (chegaradan) chiqqan hisoblanadi. Gunoh tufayli haddidan oshgan odam o‘ziga zarar, jabr qiladi. Alloh taolo ushbu oyatda bandalarining gunoh sababli isrofga yo‘l qo‘yib, o‘zlariga jabr etishlarini aytmoqda. «…Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang!» Uning rahmati juda kengdir. «Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar». Alloh taolo «Niso» surasida shirkdan boshqa barcha gunohlarni mag‘firat etishini ta’kidlagan. Chunki, «Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir». Tavba qilgan bandalarning gunohlarini kechiradi. Mufassirlarimiz, avval aytib o‘tilganidek, ushbu oyati karimani Allohning Kitobidagi eng umidli oyat, deb ta’kidlaydilar va, shu bilan birga, bu umid gunohga tashviq etuvchi umid emasligini ham qattiq uqtiradilar. Ya’ni «Alloh barcha gunohlarni kechiradi» degan umid bilan bila turib, gunohlarda davom etishning farqi bor. Bu oyatda Allohning qonun-qoidalarini bilmasdan avval gunoh qilib yurganlar mag‘firatdan umid uzmasliklari kerakligi aytilyapti. Bu haqiqatni oyatning nozil bo‘lish sababidan ham bildik. Shuningdek, keyingi ikki oyatdan ham anglab olishimiz mumkin: وَأَنِيبُوا إِلَى رَبِّكُمْ وَأَسْلِمُوا لَهُ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَكُمُ الْعَذَابُ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ 54. Sizga azob kelishidan oldin Robbingizga qayting va Unga musulmon bo‘ling. So‘ngra sizga yordam berilmas. «Azob kelishi»ni o‘lim soati etishi deb tushunish lozim. Ya’ni o‘lim soati kelmay turib, odam tavba qilib, Allohga qaytishi, iymonli bo‘lib, yaxshi amallar bajarishi va yomon amallardan chetlanishi kerak. Alloh taologa butkul taslim bo‘lib, o‘zini Unga topshirishi lozim. Bunday odam, albatta, gunoh ishlardan tiyiladi. Ammo o‘lim ko‘ziga ko‘ringanda qilingan tavba qabul bo‘lmaydi, so‘nggi damda keltirilgan iymon foyda bermaydi. «So‘ngra sizga yordam berilmas». Azob (o‘lim) kelganidan so‘ng, sizga hech qanday yordam berilmaydi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 176 | Ruhiy tarbiya