Oyatul kursiy

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, “Oyatul kursiy” bilan jannat o‘rtasida faqat o‘lim turadi mazmunidagini o‘qigandim va ko‘pincha farz namozdan keyin o‘qir edim. Sunnat namozidan keyin o‘qisa ham o‘sha ajrdan umid qilsa bo‘ladimi yoki aynan farz namozdan keyin o‘qigan afzalmi?
2-savol. “Oyatul kursiy”ni o‘qiganimdan keyin o‘zimga dam solar edim. Bu ishim xato emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Sunnatdan keyin o‘qilsa ham o‘sha savobni umid qilinadi. 2). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozdan keyin “Oyatul kursiy”ni o‘qib dam solganlari kelmagan. Shuning uchun alohida qilganingiz ma’qul. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:34 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar