Ramazon oyida jonliq so‘yish
Assalomu alaykum! Ramazon kunlari uyda biron jonliq so‘yish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa duo qilayotganda nima deb duo qilinadi va kim uchun so‘yiladi? O‘sha hayvonning go‘shtidan uy egasi qancha miqdorini o‘ziga olib qolmog‘i kerak? Bir hadisda o‘qigandik: bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylarida bir qo‘y so‘yilib, go‘shtidan miskinlarga tarqatildi. Birozdan so‘ng so‘radilar: ey Oysha so‘yilgan qo‘yning go‘shtidan o‘zimizga ham qoldimi? Shunda u ayol ha qoldi, faqat birgina tuyog‘i qoldi yo Rosululloh dedilar. Shunda janobi payg‘ambarimiz: demak qo‘yni tuyog‘idan boshqa hamma joyi o‘zimizga qolibdida, degan ekanlar. Jonliq so‘yish qoidalari haqida ham aytib o‘tsangizlar iltimos. Faqat o‘z oilasi uchungina so‘yib istemol qilish mumkunmi? Bunda nima deb duo qilinadi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Faqat o‘z oilasi uchungina so‘yib iste’mol qilish mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:54 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Faqat o‘z oilasi uchungina so‘yib iste’mol qilish mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:54 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim