Tahoratdan keyingi namoz

Assalomu alaykum! “Mukammal saodat yo‘li” kitobning «Tahorat» bobida Usmon roziyallohu anhuning ozod qilgan qullari Xumron roziyallohu anhudan rivoyat qilingan rivoyatda Usmon roziyallohu anhu tahorat olib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shunday tahorat qilganlari aytilib,  “Kim mening ushbu tahoratimga o‘xshatib tahorat qilsa va turib borib, unda biror narsani ko‘nglidan o‘tkazmasa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi dedilar» deyilgan. Shu o‘rinda qisqagina tushuntirish bersangizlar. Tahoratdan keyin o‘qiladigan ushbu  ikki rak’at namoz qanday (nima) namoz deb niyat qilinib o‘qiladi?
“Unda biror narsani ko‘nglidan o‘tkazmasa” deyilganida nimani ko‘ngildan o‘tkazmaslik nazarda tutilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U nafl namozi bo‘lib, o‘qimoqchi bo‘lgan kishi “nafl o‘qishni niyat qildim” deb niyat qiladi. E’tiborini namozdan boshqa narsaga qratmaslik. Beixtiyor kelishining zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:39 | Savol-javoblar | 185 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar