Erga tegmaslik

Assalomu alaykum! Misol uchun bir ayol eri bilan ajrashgan bo‘lsa va boshqa erga tegishni xohlamasa, yolg‘iz o‘tishni afzal ko‘rsa, bunday holatda qanday yo‘l tutiladi, shunday o‘tib ketsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. عن أبي ذر ، قال : دخل على رسول الله * رجل يقال له : عكاف بن بشر التميمي ، فقال له النبي 2 : يا عكاف هل لك زوجة ؟ ، قال : لا ، قال : ولاجارية ؟ * قال : ولا جارية . قال : وأنت موسر بخير ؟ ، قال : أنا موسر بخير ؛ قال : أنت إذا من إخوان الشياطين ، لو كنت في النصارى كنت من رهبانهم ، إن سنتنا النكاح ، شراركم عزابكم ، وأراذل موتاكم عزابكم ، أبالشيطان ترسون ۴ ما للشيطان من سلاح أبلغ في الصالحين من النساء إلا المتزوجون ، أولئك المطهرون المبرزون من الحنا ، إلى أن قال : ويحك يا عكاف اتزوج وإلا فأنت من المذيذيين ، الحديث بطوله ورواه أحمد  ورواته كلهم ثقات Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Akkof ibn Bishr Tamimiy ismli bir kishi keldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga “Ey Akkof xotining bormi” dedilar. Shunda u “Yo‘q” dedilar. “Cho‘ringchi” dedilar. “Cho‘rim ham yo‘q, o‘zimga ham to‘qman” dedilar. “Unday bo‘lsa sen shaytonning do‘stlaridan ekansan. Nasorolar ichidan bo‘lganingda ularni rohiblardan bo‘lar eding. Sunnatimiz nikohlanishdir, sizlarning yomonlaringiz tullaringizdir. Sizlarni razil holatda vafot topuvchilaringiz tul holatda vafot topuvchilaringizdir. Shayton bilan aloqada bo‘lasizlarmi? Solihlarni ichida shayton uchun xotinlardan ko‘ra kuchliroq qurol yo‘q. uylanganlar bundan mustasno. Ular pokdurlar va xano(shahvoniy buzuqlik)dan yiroqdirlar. Holinga voy bo‘lsin ey Akkof, ayollar Ayyub, Duvud, Yusuf va Kursuf sohibalaridir” dedilar. “Kursuf kim yo Rasululloh” degan edi. “U kunduzlari ro‘za tutib, kechalari qoim bo‘lib, dengiz bo‘ylaridan birida Allohga ibodat qilib, keyinchalik bir xotinga oshiq bo‘lib, Alloh A’zimga kofir bo‘lgan va Allohning ibodatini tark qilgan. So‘ng Alloh uni ba’zi ishlari tufayli uni O‘z rahmatiga olgan va tavbasini qabul qilgan kishidir. Holinga voy bo‘lsin ey Akkof, uylangin. Aks holda Muzabzabin(doim shubhada yuradigan)lardan bo‘lasan” dedilar. Shunda “Meni uylab qo‘ying yo Rasululloh” degan edi, “Seni Kulsum Himyarinning qizi Karimaga nikohladim” dedilar.
Ahmad rivoyati.  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar