Javobgarlik kimda?

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, bugungi kunda(afsuski) ota-onalar farzandlarning turmush qurishida etarlicha e’tiborli bo‘lmayotgan hollar ham bo‘lyapti. Masalan, yigitlar 25 dan 30ga, qizlar esa 23-26 yosh atrofida bo‘lsa ham to‘y qilish haqida nimagadir umuman o‘ylamaydiganlar bor. Shu holda organizm jinsiy holatini e’tiborga olish kerakku! Yoshi o‘tib ketib har xil yomon ish qilib qo‘yayotgnlar ham bor. To‘g‘ri bu baxona emas, lekin 4-5 yosh bolaning qiziqishi o‘yinchoq bo‘lgani kabi, jinsiy tomondan voyaga etgan odamning ham shunga mayli ko‘proq bo‘ladi. Shu holda javobgar kim bo‘ladi? Ayniqsa, bo‘yiga etgan qizni uzatish o‘rniga faqat o‘qishga kirgizish haqida o‘ylab qator yillarni faqat oliygohga tayyorlanish uchun ketkazish to‘g‘rimi? Kamiga «noni butun bo‘lsin» deb qo‘yishadi. Axir Alloh yozgan rizq institutsiz ham kelgan va keladiku!?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hukamolar: “Kim nimaga suyansa Alloh taolo uni o‘shanga topshirib qo‘yadi” deganlar. Allohga tavakkal qilsa O‘zi o‘nglab qo‘yadi, noni butun bo‘lishini biror kasbdan deb bilsa, kasbiga topshiradi. Keyin niyatiga yarasha bo‘lib, bir umr erini boqib yuraveradi. Oila tutishni, farzand tarbiyasini yaxshi o‘rgansa, Alloh taolo o‘sha ishga mashg‘ul qilib rizqiga sababchi bo‘ladigan erni ham nasib qiladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar