Xulq
Assalomu alaykum! Allohga hamdu sanolar bo‘lsin men institutga kirganimdan keyin Alloh hidoyat berdi boshida namozni sevganimdan peshin namozini o‘qisam tezroq asr namozi bo‘lsayu o‘qisam degan sog‘inch bilan kutardim yillar o‘tdi ko‘pincha toshkentda yurdim keyin karantin bo‘lgach uyga keldim. Uyda oilam namozga be’etibor dadam hech namoz o‘qimaganlar onam bomdodni o‘zi ukam ham shu men 5 vaqt namozni o‘qiyman ro‘za tutib yurardim tahajjud namozlarini o‘qirdim keyin uyga kelgach hamma menga qarshiday , ro‘za tutsam hozir tutma kasal bo‘lasan har namozda tahorat olsam ko‘p yuvinaverma , keyin keyin hamma nafl ibodatlarni qoldirdim uydagilar bilan chiqisha olmayapman bir nafl ibodat yoki ro‘za tutsam ko‘p tortishib qolyapman dinga be’etibor hamma to‘ri men uchun qayg‘urishyapti lekin bu ahir ohiratim uchun zararku , namozni dinimizni taniganimdan keyin hayotim chalkash oilam bilan doim chiqishmovchiliklar bo‘lyapti shunga nima qilay iltimos menga batafsil maslahat beringlar ustozlar ota onamga bu chiqishmovchilikdan keyin oq bo‘lmaymanmi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bu ishlarni hech kimga bildirmasdan qiling. Ularga xo‘p deb, shariatga amal qilavering. Shunda savobi ham ulkan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 03:00 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bu ishlarni hech kimga bildirmasdan qiling. Ularga xo‘p deb, shariatga amal qilavering. Shunda savobi ham ulkan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 03:00 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar