O‘quv kursi uchun oylik to‘lov
Assalomu alaykum! Men o‘quv markazida dars beraman. O‘quvchilar bilan hisob-kitobimiz oylik to‘lov sifatida amalga oshadi. Masalan, bir oyga falon so‘m berasiz va haftada uch marta ma’lum bir vaqtda kelasiz deb. Lekin ba’zan o‘quvchilar uzrli yoki sababsiz tarzda dars qoldirishadi va to‘lov vaqti kelganda kam kelgani uchun kamaytirib berishni so‘rashadi. Shunday holatlarda o‘quvchi kelmagani sabab dars to‘liq o‘tilmagan bo‘lsa ham oylik to‘lovni to‘liq talab qilish joizmi? Ba’zida o‘quvchi kelmagani sababli o‘qituvchining vaqti zoe bo‘lib biroz moddiy zarar ko‘rish holatlari ham bo‘ladi. Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kelishuvingizga bog‘liq. Ya’ni “siz kelasizmi yoki kelmaysizmi men shu vaqtni siz uchun ajrataman va haqqini olaman” deyishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat