Taqdir va insonning xohishi
Assalomu alaykum! Biz iymonning shartlaridagi taqdirga ishonib iymon keltiramiz. Taqdirga ishonish deganda nima tushinilish kerak? Insonning xohishi bilan qilinadigan ishlar bo‘ladimi yoki hammasi taqdirmi? Insonning gunoh ishlarni qilishi ham taqdirga yozilgani bo‘lsa, bu narsasi uchun ham azoblanadimi? Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Insonning taqdiriga bir kichik misolni keltirib o‘tamiz. Bir ustoz bir necha bir shogirdga bir necha yil ta’lim berdi. Uni ilm darajasi qancha ekanligini juda yaxshi biladi. Shunday bo‘lsada imtihon qilmasdan turib unga baho qo‘ymaydi. Chunki bilimiga yarasha baho qo‘ysa, talaba “men sizning darslaringizdan tashqari ixtiyoriy tarzda tayyorgarlik ko‘rib, bilimimni oshirar edim. Imtihondan yaxshi o‘tishga harakat qilar edim” desa, ustoz uning ziddiga hujjat topa olmas edi. Shuning uchun ham talabani imtihonga qo‘yiladi. Insonni ham Alloh taolo yaratdi, nimaga qodir, qobiliyati nimaga loyiq, ixtiyor berilsa nima ishlar qilishini ham yaxshi biladi. O‘sha bilgan narsasini “taqdir” deb bitib qo‘ygan. Qiyomatda yuqoridagi misoldagi talaba kabi “menga ixtiyor berganingda yaxshi ishlarni qilar edim, nafsimning ko‘yiga kirmay jannatinga sazovor bo‘lar edim” demasligi uchun bu dunyoga keltirib, uni turli imtihonlarga soladi. Ushbu imtihondan yaxshilik yoki yomonlikni tanlashi zohir bo‘ladi. Alloh taolo bandasi to‘g‘risida bilgan narsasini avvaldan yozib qo‘yishi ustoz o‘z talabasi haqidagi fikrini bayon qilish kabidir. Albatta Alloh taolo bandasi to‘g‘risida bilgani hech qachon xato chiqmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda