Boshqa odam uchun namoz
Assalomu alaykum! Birovning o‘rniga namoz o‘qish mumkin emasligi haqida xabarim bor. Agarda mening yaqinlarimdan biri namoz o‘qiy olmaydigan darajada (ya’ni barcha narsalarni unutgan) kasal bo‘lsa, men ularni o‘rniga ham namoz o‘qishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yaqin odamingizga bunchalik mehribon bo‘lishingiz tahsinga loyiq. O‘zingiz aytib o‘tganingizdek birovning o‘rniga namoz o‘qish shariatimizda yo‘q. Mabodo o‘qisangiz shariatga yangilik kiritgan bo‘lasiz. Bu narsa tashqi tarafdan arzimas narsaga o‘xshab ko‘ringani bilan chuqurroq o‘rganib chiqilsa, dinga qo‘shimcha qilish bo‘lib qoladi. Shuning uchun bunday qilmaslik kerak. Qolaversa aytishingizga ko‘ra u odamga namoz farz bo‘lmaydigan darajada ekan. Alloh qiyomatda bo‘ladigan ajrini ko‘paytirib bersin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:46 | Savol-javoblar | 127 | Islam