Niyat yaxshi bo‘lsin

Assalomu alaykum! Mening ushbu maktubim savol beruvchilarga. Hurmatli savol yo‘llayotgan do‘stlar. Ilmli insonlar tomonidan savollarga javob berish xizmati yo‘lga qo‘yilganligini, ularning insonlarni dinda, e’tiqodlari va amallari bekamu ko‘st bo‘lishini niyat qilib Alloh taolaga bo‘lgan muhabbatlaridan deb bilishingizni so‘rardim. Ular aslida bu ishlarga majbur emasliklarini xis qilaylik. Maktabda o‘qiyotgan farzandimiz dars tayyorlayotganida bexosdan bir vaqtlar o‘zimiz o‘qigan fandan savol berib qolsa unutganimiz uchun javob berolmay qay axvolga tushib qolishimiz yoki javob berish uchun qancha izlanishimiz haqida ham o‘ylab ko‘raylik. Bitta maktab o‘quvchisining aniq fandagi savoliga javob shuncha mehnat talab qilsa diniy savollarga javob topish uchun qancha mehnat sarf bo‘lar ekan? Ayrim berilayotgan savollarni ko‘rib o‘ylanib qolasan. Axir dadamizga onamizga yoki eng yaqin insonimizga berishdan uyaladigan savollarni berib javob olyapmizku!!! Berilayotgan savollarga javoblarni o‘qib fikr qilamanki, javoblarda ibodat qilishga to‘siq bo‘lib qolmasligiga ko‘proq harakat qilinadi. Bir narsani unutmaylikki namozga uzr yo‘q!!! Faqat o‘lim uzr bo‘lishi mumkin. Undan tashqari savol berishda niyatga nihoyatda e’tibor qarataylik. Savol berishdan maqsad bilmaganni bilish bo‘lsin!!! Bundan boshqa narsaga yo‘l axtarish emas. Ayrim savollarni o‘qib, “ilmda shu darajada o‘zib ketdikmi” deb o‘ylab qolaman. Sababi berilayotgan savoldagi ayrim shar’iy so‘zlarni umuman eshitmaganman. Bu nima o‘zini ko‘rsatishmi? Yana savol berishdan oldin uzundan uzun qilib hadis ham keltirib qo‘yishadi. Riyoga berilmaylik do‘stlar! Xuddi buzoq so‘yishga amr qilinib, savolni ko‘paytirib, natijada oxiri noyob sigir so‘ygan qavm kabi toqatimizdan ortiqcha savol berib o‘zimizni qiynab qo‘ymaylik. Do‘stlarim savol berishdan oldin niyatimizga qaraylik. Bilib turib yoki ibodat, shariat hukmini bajarmaslikka yo‘l izlab savol berib gunohkor bo‘lib qolmaylik. Ilm ahlining ko‘ngliga ozor berib qo‘ymaylik. O‘ylab ko‘raylik, ayrim savollarni berishdan ko‘ra sukut saqlaganimiz o‘zimiz uchun yaxshi ekanligini unutmaylik! Niyatni doim to‘g‘ri qilaylik. Iltimos do‘stlarim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
...

26 May 2022, 11:46 | Savol-javoblar | 201 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar