Namozni kasdan tark kilish degani?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, namozni qasddan o‘qimaslik deganda nima tushuniladi. Men bilamanki, agar odam hamma narsaga iymon keltirsa, lekin namoz o‘qimasa o‘sha inson kofir hisoblanmay, faqat gunohkor musulmon bo‘larkan. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Alloh taolo “Maa’uun” surasida : فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki… 5. Ular namozlarini unutuvchilardir. Ya’ni namozning ma’nolarini, hikmatlarini, insonning vijdonini poklashini, qalbda marhamat-shafqatni qo‘zg‘ashini unutganlarning holiga voy! Joyi jahannam! Alloh taolo «Ankabut» surasining 45-oyatida: «…albatta, namoz fahsh va munkardan qaytarur», – degan. Kim namoz o‘qisa-yu, yomon ishlardan qaytmasa, u namozini unutganlar jamoatidan bo‘ladi. Ushbu oyatlarning ma’nosi haqida mufassirlarimiz bir qancha ta’villar aytganlar. Abul Oliya: «Bular namozni o‘z vaqtida o‘qimaydiganlar, ruku’ va sajdalarini yaxshilab, batamom qilmaydiganlar», – degan. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu shunday namozxonki, u o‘zi o‘qigan namozidan savob umid qilmaydi va uni o‘qimasa, iqobidan qo‘rqmaydi», – deganlar. Ibn Jarir Tobariy keltirgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ushbu oyat haqida so‘ralganda, «Ular namozni o‘z vaqtidan orqaga suradiganlar», – deganlar. Mufassirlarimiz ushbu jumladagi kelishik qo‘shimchalariga ham alohida e’tibor berganlar. Oyatda «An solatihim saahuun» – «namozlarini unutuvchilar», deyilmoqda, «fii solatihim» – «namozlarida» deyilmayapti. Shundan oyatda munofiqlar haqida so‘z ketayotgani kelib chiqadi. Chunki mo‘min kishi ham namoz ichida ba’zi narsalarni unutishi mumkin. Lekin unutish bilan unutishning farqi bor. Munofiqning namozni unutishi o‘qimaslik, unga e’tiborsizlik qilishi ila bo‘ladi. Mo‘min esa namozning ichida biror narsani unutib, xatoga yo‘l qo‘ysa, sahv sajdasi qilib, darhol to‘g‘rilaydi. Ushbu oyatda zikr qilinganlar munofiqlar ekaniga kelasi ikki oyat ham dalildir. الَّذِينَ هُمْ يُرَاؤُونَ 6. Ular riyo qiladiganlardir. Namoz o‘qisa-yu, namozning haqiqatini unutsa, yomonlik, ig‘vo, bo‘hton, yolg‘onchilik, buzg‘unchilik va boshqa razolatlardan qaytmasa, unday kishi riyokor, munofiq bo‘ladi. Odamlarning ko‘zini bo‘yash, ular huzurida obro‘ topish, o‘zini dindor qilib ko‘rsatish uchun namoz o‘qigan bo‘ladi. وَيَمْنَعُونَ الْمَاعُونَ 7. Va maa’uunni man qiladiganlardir. «Maa’uun»ni ba’zi tafsirchilar zakot, deydilar, boshqalari esa xo‘jalikda kerak bo‘lib turadigan asbob-anjomlar, deydilar. Islom satxiy, zohiriy narsalar dini emas. Balki ixlos va amal dinidir. Ibodatlar ixlos bilan bo‘lmasa, egasini yaxshi axloq va omillarga boshlamasa, haqiqiy bo‘lmaydi. Inson tili bilan «Musulmonman», deyishi, Islomiy amallarning ba’zilarini ado etishi, masalan, namoz o‘qishi ham mumkin, lekin haqiqiy musulmon bo‘lsa, iymon alomatlari uning yurish-turishida, muomalasida, gap-so‘zida, ishida, odob-axloqida – hamma-hammasida ko‘rinib turadi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Namozni o‘qimaslikka biror reanimatsiyadagi holat kabi bo‘lmasdan o‘qimaslik qasddan o‘qimaslikka kiradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:50 | Savol-javoblar | 140 | Ibodatlar