Nosix va mansux

Assalomu alaykum! Shayx xazratlarining Kur’on ilmlari kitoblarida (350-bet) ibn Musayibdan quyidagi xadis keltirilibdi: في قوله تعالى ﴿الزاني لا ينكح إلا زانية﴾ الآية. قال: هي منسوخة نسختها ﴿وانكحوا الايٰمٰى منكم﴾ فهي من ايامى المسلمين. Savolim: bu oyat avvalgi oyatni nimasini mansux qildi, bu ikki oyatni bir-biriga nimasi bog‘lik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Nur" surasining 3-oyatida Alloh taolo marhamat qiladi:  الزَّانِي لَا يَنْكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةً وَالزَّانِيَةُ لَا يَنْكِحُهَا إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌ وَحُرِّمَ ذَلِكَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ ۝Zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanur. Zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak nikohlanur. Bu, mo‘minlarga harom qilinmishdir.
Ba’zi ulamolarning nazdida ushbu oyati karima iffatli mo‘min va mo‘minalar zinokor mo‘min va mo‘minalarga nikohlanishlari harom ekaniga dalolat qiladi. Ammo ushbu hukm "Nur" surasi 32-oyati bilan nasx qilingan. Ushbu oyati karimada Alloh taolo marhamat qiladi:وَأَنْكِحُوا الْأَيَامَى مِنْكُمْ ۝Oralaringizdagi nikohsizlarni ... nikohlab qo‘ying.
Alloh taoloning “Zinokor erkak faqat zinokor...ga nikohlanur” so‘zi haqida Ibn Musayyibdan rivoyat qilinadi:
“Bu nasx qilingan. Uni “Oralaringizdagi nikohsizlarni ... nikohlab qo‘ying” (oyati) nasx qilgan. Binobarin, ular musulmonlarning nikohsizlaridir”. 
Bayhaqiy rivoyati. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 191 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar