Elektron biletlar xususida

Assalomu alaykum!   Savolim bir nechta  avia biletlar xususida. Hozirgi kunda avia biletlar elektronik shakldaligidan hammaning xabari bor. Bilet oluvchi biletga kelganda qo‘liga yasama bilet qilib beriladi. Uchish kuni yaqinlashib narx tushganda esa bileti yozib qo‘yiladi. Oluvchi qo‘lidagi bilet bilan uchib ketaveradi. Albatta elektronniysi yozib qo‘yilgandan keyin oluvchi hech qanday muammoga duch kelmaydi. Faqat qo‘lidagi  bileti oldin yasab berilib, keyin yozib qo‘yilgan bo‘ladi. shunga shariatimiz nima deydi? Biz biletni odamlarga belglab qo‘yilgan narxda sotsak, bizga kompaniya haq beradi. Shu biletni   ustiga qo‘yib sotish ham, kompaniya bergan haqni ham olish  joizmi yoki harom hisoblanadmi? Haq bermaydigan biletlar ustiga ustama qo‘yib sotilsa, bu tanish bilishga ozroq qo‘yib, begonaga ko‘proq qo‘yib sotish hukmi qanday? Savol berishda xatoliklar uchun sizlardan uzr so‘rayman. Javobini kutib qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar