Chorasiz holat

Assalomu alaykum! Men chet elda shaharlararo yuk tashuvchi bo‘lib ishlayman. Menga yuk topib berib, ish boshqaruvchiga hech qachon menga spirtli ichimliklar, cho‘chqa go‘shti va shunga o‘xshash yuklarni taklif qilmaslikni aytganman. Qoidaga binoan yuk ortib bo‘lingandan keyin, yuk haqidagi hujjat qo‘limizga beriladi va bu yukni qaytarishga bizni haqqimiz yo‘q. Haydovchi yukni o‘z manziliga olib borib berishi shart. Afsuski go‘sht mahsulotlari ortilgan yuklar ichida cho‘chqa go‘shti aralashib qolganligini bilib qoldik. Bir musulmon birodarimiz bunday yukdan tushgan pulni sadaqa qilib yuborish keraklini aytdi. Bunday holatlarda biz nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday qilganingiz afzal. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar