Imomlarni rozi qilish
Assalomu alaykum! Imomlarimiz, qorilarimiz insonlarning yaqin kishisi olamdan o‘tganda Qur’onni xatm qilib berishadi. To‘ylarda nikoh haqida yoshlarga tushunchalar berishadi. Bunday paytlarda shariatga asoslangan holda qanday niyat qilib ularni rozi qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda, “qozi kishilarni muammolari va masalalarini hal qilishi uchun biror kasb qilishga vaqti bo‘lmasa uning nafaqasi hukumat zimasiga vojib bo‘ladi. Agar hukumat tarafidan nafaqa belgilanmasa qozi yashaydigan xududdagi musulmonlarning zimmasiga vojib bo‘ladi” deyilgan. Ushbu gapga binoan boshqa kasb qilmasdan xalqning xizmatlarida bo‘layotgan kishilarning nafaqasi xalqning zimmasiga vojib bo‘ladi. Niyatda “Zimmamdagi vojibni ado qilayapman” deyish kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar